Sport | 19:18 / 04.08.2017
8926
1 daqiqa o‘qiladi

«Barselona» Neymar o‘rniga Dembeleni oladi

«Borussiya» hujumchisi Usmon Dembele faoliyatini «Barselona»da davom ettiradi. Taniqli jurnalist Tankredi Palmeri tvitterida ma'lum qilishicha, «Barselona» ushbu 20 yoshli futbolchi bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan. Uning transferi uchun «Borussiya»ga 80 mln yevro taklif qilgan. Dortmundliklar klubi esa bu futbolchisi uchun 100 mln yevro so‘ragan.

Dembele «Borussiya»ga 2016 yil yozida «Renn»dan o‘tgandi. U dortmundliklar safida 49 uchrashuv o‘tkazib, 10 gol urgan hamda 21 golga uzatma bergan.

Dembele «Barselona»da Neymar o‘rnini egallashi kutilmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid