Light | 21:47 / 04.08.2017
158231
4 daqiqa o‘qiladi

Dunyo iqtisodiyotini boshqarayotgan 7 sulola

Ehtimol, bugungi kun demokratiyasiga ishongan kishilar qolmagan, desak xato bo‘lmasa kerak. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, bugungi kunda dunyoni demokratiya emas, pullar boshqarmoqda. Afsuski, Danila Bagrov «Kuch haqiqatda», deganida xato qilgan. Kuch qayerda va kimlarda ekanini bilishni xohlaysizmi? Quyidagi kishilarda. 

Kamprad sulolasi

IKEA haqida eshitgandirsiz? Ha, u Kamprad sulolasiga tegishli. Shvetsiya korporatsiyasi tasavvur qilib bo‘lmas darajada sarmoyaga ega va mamlakat hukumati ishiga bevosita ta'sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, go‘yoki xayriya jamg‘armalari tarmog‘i YeI bo‘ylab tarqalgan. Aytishlaricha, IKEA rahbari Ingvar Kamprad shu yo‘l bilan o‘z nazoratini o‘rnatgan.

Geytslar sulolasi

Ha, aynan sizu biz bilgan Microsoft asoschisi Bill Geyts. Kompaniyaning so‘nggi 10 yillikdagi manfaatlari xay-tekdan boshqa sohalarni ham qamrab oldi. Geytslar oilasi (Melinda Geyts ham ishtirok etadi axir) AQShning aksilmonopol qonunlari bilan bog‘liq ko‘plab mojarolarga aralashib qoldi. Ammo, har qanday ko‘ngilsizlikdan qutilib qoldi. Bundan tashqari, Geytslar demokratlarga ham respublikachilarga ham moliyaviy ko‘mak berishini yaxshi bilamiz. Shu bilan u Kongressdagi hokimiyatni nazorat qilishga urinib keladi. 

Mittal sulolasi

Mittal Steel kompaniyasi o‘z faoliyatini uncha katta bo‘lmagan po‘lat quyish zavodidan boshlagan. Lakshmi Mittal o‘z ishlarini unchalik ham oshkor etishni xohlamaydi. Kompaniyaning Britaniya qo‘llovidagi xaridlarini, yaqinda YeIga a'zo bo‘lgan mamlakatlarga ta'sirini yashirib bo‘larmidi. Mittal Ruminiya va Bolgariyada o‘zini qiroldek his qiladi. 

Ol Saudlar sulolasi

Saudiya Arabistoni dunyo neft eksportining beshdan biriga egalik qiladi. Bu boylikni esa Ol Saud podshohlik oilasi boshqaradi. Sulola taxtda mustahkam o‘rnashib olgan. Shunday ekan, bu sulola dunyodagi siyosiy va iqtisodiy vaziyatga aloqasi yo‘q, deb o‘ylaysizmi?
 
Ka-Shing oilasi

Osiyo haqida ham unutmaslik kerak. Ka-Shinglar oilasi mintaqaning eng badavlat sulolasi hisoblanadi va Xitoyning iqtisodiy taraqqiyotiga sezilarli bosim o‘tkazadi. Dunyo ekspertlariga ko‘ra, Li Ka-Shingning o‘zi Triada jinoiy guruhi bilan nafaqat aloqador, balki ulardan eng kuchlisini boshqaradi. 

Rokfellerlar sulolasi

Va nihoyat, klassika. Rokfellerlar oilasi haqida eshitmaganlar kam bo‘lsa, ajab emas. Axir ular dunyoning eng badavlat xonadonidan birining a'zolari hisoblanishadi. Jon Rokfeller davridan beri korporatsiya ulkan hajmga kengaydi. Milliarder avlodlari bugungi kunda AQSh moliyaviy boshqarmasida muhim lavozimlarni egallab kelishadi. 

Rotshildlar sulolasi

Uzoq 1818 yildayoq Rotshildlar sulolasi kuchli hisoblanar edi. Ular o‘sha paytlarda ham nafaqat alohida shaxslar, balki mamlakatlarni pul bilan ta'minlagan. Masalan, Prussiya 7 million funt qarz olgan, keyinchalik Angliyaning o‘zi ham qarzdor bo‘lib qolgan. Hozirda, Rotshildlar sulolasi dollar hajmini bevosita boshqaradi. 

Mavzuga oid