O‘zbekiston eng kam oylik maosh reytingida 113-o‘rinni egalladi
Reytingga ko‘ra, 2020 yilda O‘zbekistonda yillik eng kam ish haqi 1041 dollar, soatiga esa 0,5 dollarni tashkil qilgan. Bu yetakchi davlatlardan 30 barobar kam.

Foto: Unsplash
O‘zbekiston World Population Review tomonidan tayyorlangan eng kam oylik maosh reytingida 113-o‘rinni egalladi.
Reyting 2020 yilgi ko‘rsatkichlar asosida 154 mamlakatni qamrab olgan va taqqoslash oson bo‘lishi uchun AQSh dollarida keltirilgan.
Reytingga ko‘ra, O‘zbekistonda yillik eng kam ish haqi 1041 dollar, soatiga esa 0,5 dollarni tashkil qiladi.
Eng yuqori ko‘rsatkichlar Avstraliya (yillik 34,5 ming / soatiga 17,4), Yangi Zelandiya (33,4 ming / 16,1) va Lyuksemburgda (32,1 ming / 15,4) qayd etilgan.
Eng kam ish haqi - bu mamlakatdagi ish beruvchilar o‘z ishchilariga ma’lum bir ish birligi uchun haq to‘lashi mumkin bo‘lgan eng kam pul miqdori. U odatda soatlik yoki oylik asosda hisoblanadi, lekin ba’zan kunlik yoki haftalik stavka sifatida ko‘rsatilishi mumkin.
2020 yilda eng kam ish haqi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichga ega 20 ta davlat (soatiga, AQSh dollari):
- Avstraliya 17,47 dollar;
- Yangi Zelandiya 16,10 dollar;
- Lyuksemburg 15,43 dollar;
- Germaniya 14,68 dollar;
- Buyuk Britaniya $14,27;
- Irlandiya 13,96 dollar;
- Fransiya 13,33 dollar;
- Belgiya 12,15 dollar;
- Niderlandiya 11,98 dollar;
- Monako 11,88 dollar;
- Kanada $11,60;
- Janubiy Koreya 11,50 dollar;
- San-Marino 10,93 dollar;
- Isroil 9,48 dollar;
- Eron 9,13 dollar;
- Argentina 8,55 dollar;
- Ispaniya 8,39 dollar;
- Sloveniya 8,21 dollar;
- Yaponiya 8,14 dollar;
- Andorra 8 dollar.
Ta’kidlanishicha, ko‘plab davlatlar har yili eng kam ish haqini o‘zgartiradi, shuning uchun bu reytinglar 2021 yilgi global ma’lumotlar tuzilganidan keyin o‘zgarishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tesla Cybertruck savdosi pasayib ketdi, kompaniya muammolarga duch kelmoqda
Jahon | 20:41
-
Estoniyada harbiylarning shuhbali kemalarga hujum qilishiga ruxsat beruvchi qonun tasdiqlandi
Jahon | 20:15
-
14 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 20:12
-
Qonun loyihasiga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati kengaytirildi
O‘zbekiston | 20:06
Mavzuga oid

00:32 / 12.04.2025
Rossiyada tug‘ilish darajasi so‘nggi 200 yildagi eng past ko‘rsatkichga tushib ketdi

12:05 / 16.02.2025
O‘zbekistonda iqtisodiy qutblanish kengayib boryapti. Nega?

17:38 / 08.02.2025
Insoniyatning uchdan ikki qismi 70 yoshdan oshgan erkaklar hukmronligi ostida - Bild

17:01 / 03.02.2025