Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makkeyn Trampning kongressga bildirgan ayblovlariga javob qaytardi
Foto: AP Photo/Evan Vucci
Respublikachi senator Jon Makkeyn 3 avgustda AQSh prezidenti Donald Trampning AQSh kongressi Rossiya bilan munosabatlarning yomonlashishiga javobgar ekanligi borasidagi so‘zlariga e'tiroz bildirdi.
Tramp Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Vashington va Moskva munosabatlari “misli ko‘rilmagan va juda xavfli past darajada ekanligini” yozgan. “Bizga tibbiy sug‘urtani bera olmaydigan kongressga, odamlarga minnatdorchilik bildirishingiz mumkin”, deb aytgan.
Makkeyn o‘z mikroblogida Trampning faqatgina “xavfli past daraja” borasidagi fikriga qo‘shilishini aytgan. Senator “Siz Rossiya prezidenti Vladimir Putinga bizning demokratiyaga tajovuz qilgani, qo‘shnilari hududiga bostirib kirgani va hamkorlarimizga tahdid qilgani uchun minnatdorchilik bildirishingiz mumkin”, deb aytgan.
2 avgustda Tramp kongress tomonidan qabul qilingan Rossiya, Eron va Shimoliy Koreyaga nisbatan sanksiyalarning yanada kuchaytirilishi haqidagi qonunni imzolagan. Tramp shu bilan birga ushbu qonunni zarar yetkazuvchi, uning bir qator bandlarini esa AQSh konstitutsiyasini buzuvchi deb atagan. Tramp shu bilan birga Moskva bilan hamkorlik qilishga umid bildirgan.
Mavzuga oid
17:31
BMT: Rossiya zarbalari Ukrainadan qochqinlarning yangi to‘lqiniga sabab bo‘lishi mumkin
14:37
Kreml: Jyenevadagi Rossiya delegatsiyasi tarkibi kengaytiriladi
14:08
Rossiyaga sotilmay qolgan neftni saqlash uchun resurslar yetishmasligi tahdid solmoqda
11:54