Jamiyat | 18:21 / 04.08.2017
9942
2 daqiqa o‘qiladi

Tez tibbiy yordam brigadalari 80 ta pozitsiya bilan ta'minlanadi

Sog‘liqni saqlash vaziri qarori bilan Tibbiy ixtisoslashuvning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar, shu jumladan tibbiy texnikaga eng kam talablar tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 21.06.2017 yildagi 451-son «Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq mazkur Eng kam talablar barcha tibbiyot tashkilotlari uchun majburiydir (ham xususiy, ham davlat).

Hujjatda tibbiy ixtisoslashuv 50 ta guruhga birlashtirilgan. Har bir guruh uchun asbob-uskunalar, dori vosatalari va tibbiy buyumlarning aniq zarur turlari ko‘rsatilgan.

Masalan, tez tibbiy yordam xizmatining har bir brigadasi uchun trankvilizatorlar, neyroleptiklar, analgetiklar, yallig‘lanishga qarshi nosteroid vositalar, spazmolitik, antixolinergik, adrenomimetik, qand vositalari, tuzli eritmalar, glyukokortikosteroid vositalar, antikoagulyantlar, kalsiy preparatlari, analeptik vositalar, psixomotor stimulyatorlar, kalsiy ionlarining antagonistlari, antiaritmik va mahalliy anesteziya vositalari, beta-adrenoblokatorlar, ganglioblokatorlar, retseptorlar blokiratorlari N1, spetsifik antidotlar, halqa diuretiklar, yurak glikozidlari, S guruh vitaminlari, qustiruvchi va qusishga qarshi vositalar, RN ingibitorlar, angioprotektorlar, xolinesterazalar ingibitorlari, tuzli surgi vositalari, sedativ vositalar, efir yog‘li vositalar, antiseptiklar, nitrofuranlar, bog‘lov vositalari, bir marotaba ishlatiladigan materiallar, sintetik vositalar va boshqalarning 80 ta pozitsiyasi ajratiladi.
 
Bundan tashqari, tez tibbiy yordam ko‘rsatishda tibbiyot qutisida yana 23 ta dori vositalari va tibbiyot buyumlari bo‘lishi zarur.

Hujjat davlat tilida qabul qilingan bo‘lib, 1.11.2017 yilda kuchga kiradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid