Prezident Şavkat Mirziyoyev onkologik va gematologik tibbiy yordam, şuningdek palliativ xizmat körsatiş tizimini takomillaştiriş böyiça işlab çiqilgan takliflar taqdimoti bilan tanişdi.
Taqdimotda saraton kasalliklarining oldini oliş, ularni erta bosqiçda aniqlaş va xalqaro standartlar asosida davolaş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari muhokama qilindi. Rejaga köra, aholi örtasida eng köp uçraydigan onkologik kasalliklar böyiça maqsadli skrining tekşiruvlari bilan qamrov kamida 60 foizga yetkaziladi. Şuningdek, saraton taşxisi qöyilgan bemorlar orasida 5 yillik yaşaş körsatkiçini amaldagi 35 foizdan 45 foizgaça oşiriş maqsad qilingan.

Bu vazifalarni amalga oşiriş uçun 2027 yildan Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti va xalqaro ekspertlar iştirokida işlab çiqilgan Saratonga qarşi kuraşiş milliy dasturi hududlarda bosqiçma-bosqiç joriy etiladi.
Dastur doirasida birlamçi tibbiy-sanitariya muassasalari xodimlarining onkologik huşyorligini oşiriş, ularni kasalliklarning dastlabki belgilari böyiça qayta tayyorlaş va bemorlarni öz vaqtida ixtisoslaştirilgan muassasalarga yönaltiriş tizimi kuçaytiriladi.
Şuningdek, xalqaro tavsiyalar asosida yangi klinik qöllanmalar qabul qilinib, onkologiya sohasida multidissiplinar yondaşuv joriy etiladi. Bu esa bemorga bir vaqtning özida bir neçta mutaxassis iştirokida taşxis qöyiş va davolaş imkonini beradi.

Taqdimotda palliativ va xospis yordamini rivojlantiriş masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, 2030 yilga qadar aholining bunday xizmatlar bilan qamrovini 80 foizgaça yetkaziş rejalaştirilgan.
2026 yil 1 sentabrdan respublikada palliativ va xospis yordamini körsatişning yagona tizimi joriy etiladi. Bunda tibbiy va ijtimoiy xizmatlar integratsiya qilinib, bemorlarni aniqlaş, hisobga oliş va xizmat körsatiş jarayonlari elektron axborot tizimi orqali amalga oşiriladi.

Şuningdek, mobil palliativ brigadalar taşkil etilib, oğir bemorlarga uy şaroitida tibbiy va ijtimoiy xizmatlar körsatiş yölga qöyiladi. Barça hududlarda bosqiçma-bosqiç xospis muassasalari taşkil etiş ham rejalaştirilgan.









