Jahon | 08:36 / 05.08.2017
25024
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: kuvaytlik tankchilar tankni stvoli bilan yerga "qadab qo‘ydilar"

Moskva viloyatidagi Alabino poligonida "Tank biatloni" musobaqasida ishtirok etayotgan kuvaytlik tankchilar bilan yoqimsiz hodisa yuz berdi.

Defence.ru nashrining xabar berishicha, kuvaytliklar tankda tez yurish vaqtida haddan kuchli tezlashib ketganlar. Natijada kuvaytliklar ishtirok etayotgan T-72B3 tanki sun'iy to‘siqni kechib o‘tayotganda baland uchib, snaryad otadigan stvoli bilan yerga "qadalib" qolgan.  

Bu holat fotokameraga muhrlangan.

Internet foydalanuvchilari o‘z izohlarida ta'kidlashlaricha, bunday xato tankchilar orasida sharmandali hisoblanadi.

Kuvaytlik tankchilar bunday noqulay holatga birinchi bor tushayotganlari yo‘q. Ular 2015 yildagi musobaqalarda ham tank tezligini to‘g‘ri baholay olmay, keskin burilishda tanklarini ag‘darib yuborgandilar. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid