Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona» Dembele uchun rasmiy taklif jo‘natdi
«Barselona» Usmon Dembele transferi yuzasidan Dortmundning «Borussiya» klubiga rasmiy taklif jo‘natdi. Jurnalist Janluka Di Martsioning o‘z saytida xabar qilishicha, kataloniyaliklar 20 yoshli fransiyalik futbolchi uchun 70 million yevro va qo‘shimcha bonuslar taklif qilgan.
Bundan avvalroq dortmundliklar klubi bosh direktori Xans-Yoaxim Vattske Dembele uchun 100 mln yevro ham kamligini ma'lum qilgandi.
Dembele «Borussiya»ga 2016 yili «Renn»dan kelib qo‘shilgandi. Dortmundliklar safida u o‘tgan mavsumda barcha turnirlar doirasida 49 uchrashuvda maydonga tushib, 10 gol urgan va 21 golli uzatma muallifi bo‘lgan.
Kataloniyaliklar uni Parijga yo‘l olgan Neymarga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
Mavzuga oid
12:17
Shomurodovda yana gol, London derbisida mojaro, Salohda rekord. Kun o‘yinlari
14:12 / 28.01.2026
YeChLda so‘nggi tur: kimga qanday natija kerak?
17:16 / 22.01.2026
«Barsa» va «Siti» o‘tish o‘yinlariga qoladimi? YeChLning so‘nggi turi arafasidagi vaziyat
12:32 / 22.01.2026