Qo‘qondan Andijonga elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida aholiga transport xizmatida qulaylik yaratish masalasi ko‘tarilgan edi. Fuqarolarning murojaatini o‘rganib chiqqan davlat rahbari Qo‘qondan Andijon shahrigacha elektropoyezd qatnovini yo‘lga qo‘yish masalasi bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq berdi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, bugun, 8 avgust kuni Qo‘qondan Andijonga Marg‘ilon orqali elektropoyezd qatnovi yo‘lga tushdi. Elektropoyezd 7 ta vagondan iborat bo‘lib, barchasi konditsionerlar bilan jihozlangan. Har bir vagonda o‘zining maxsus kuzatuvchisi bor.
Elektropoyezd qatnovini yo‘lga qo‘yilishiga bag‘ishlangan maxsus tadbirda ma'lum qilinishicha, Prezident topshirig‘i asosida juda qisqa muddat ichida Qo‘qon shahridan Andijon shahrigacha elektropoyezd qatnovini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastur tuzildi va u amalga oshirildi. Bu jarayonda yo‘llar mustahkamlandi, elektr ta'minoti masalasi hal qilindi. Qo‘qonda o‘rtada qatnaydigan poyezdning vagonlari yangi elektrovoz tizimiga o‘tkazildi.
Qayd etilishicha, birinchi sinov muddatida qatnaydigan poyezdlar yengil avtomobilga nisbatan 40 daqiqa oldin manzilga yetib bormoqda. Poyezd o‘z yo‘lida Bag‘dod, Oltiariq, Marg‘ilon, Quva va Asaka shaharlarida ham to‘xtab o‘tadi.
Mavzuga oid
22:05 / 23.11.2024
DXX raisining ishdan olinishi, Andijonda Boburga “hujum” va tugagan saylov - hafta dayjesti
22:45 / 19.11.2024
Madaniy meros agentligi Andijondagi Bobur haykalini ko‘chirish bo‘yicha tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi
10:40 / 19.11.2024
Andijonda Bobur haykalini ko‘chirib, o‘rniga savdo majmuasi, ko‘ngilochar markazlar qurish rejalashtirilmoqda
21:10 / 18.11.2024