Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Borussiya» «Barselona» uchun Dembelening narxini ma'lum qildi
Dortmundning «Borussiya» klubi Usmon Dembeleni «Barselona»ga 150 million yevrodan kamiga sotmasligini ma'lum qildi.
Marca xabariga ko‘ra, nemislar klubi 20 yoshli fransiyalik futbolchisining badal puli miqdorini kataloniyaliklar Neymarni «PSJ»ga 222 mln yevroga sotishidan keyin 2 baravar ko‘tarib qo‘ygan.
Muzokaralar o‘tkazish uchun Dortmundga kelgan «Barselona» direktori Raul Sanllexi narxni 120 mln yevroga tushirishga harakat qilmoqda.
Bundan avvalgi xabarlarda «Barselona» Dembele bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgani, uning transferi uchun 100 mln yevro sarflashi aytilgandi.
Neymardan keyingi hayot. «Barselona»da uning o‘rnini kim egallaydi?
Mavzuga oid
07:22 / 19.03.2026
«Barsa»da 7 gol, «Liverpul»da kambek. YeChLda kun o‘yinlari
12:39 / 16.03.2026
«MYu» yuqorilamoqda, «Barsa»da yirik g‘alaba. Kun o‘yinlari
16:41 / 10.03.2026
YeChLda pley-off juftliklari. Kimda qanday imkoniyat?
11:36 / 08.03.2026