Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yana bir transfer mashmashasi. Dembele nimadan norozi ekani oydinlashdi
Dortmundning «Borussiya» klubi «Barselona»dan Usmon Dembele bo‘yicha taklif olgani va bu taklifni rad etganini tasdiqladi. Bu haqda «Borussiya» rasmiy saytida ma'lum qilingan.
Xabarda tomonlar transfer imkoniyatlarini muhokama qilish uchun uchrashgani aytilgan.
Dortmundliklar qayd etishicha, taklif ko‘rib chiqilgan, ammo «bu taklif futbolchining salohiyatiga va hozirgi transferlar bozoridagi holatga mos emas».
Bundan avvalroq, Dembele uchun «Borussiya» «Barselona»dan 150 mln yevro talab etishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Eslatib o‘tamiz, bugun Usmon Dembele jamoaning mashg‘ulotlariga kelishdan bosh tortdi va qo‘ng‘iroqlarga javob bermayapti.
Bu vaqtda uni qo‘lga kiritish uchun «Real» ham harakat boshlagan.
Mavzuga oid
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
02:34 / 11.05.2026
"Barselona" "Real" bilan o‘yinda Ispaniya chempioniga aylandi. Bunaqasi ilk bor ro‘y berdi
20:32 / 10.05.2026
“Barselona” bosh murabbiyining otasi “El Klasiko” kunida vafot etdi
11:26 / 03.05.2026