Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qibrayda 13 mln so‘mlik qoramollarni o‘g‘irlagan shaxslar ushlandi
Qibray tumani IIBga joriy yilning 23 iyul kuni Qibray shahar fuqarolar yig‘inida yashovchi 1972 yilda tug‘ilgan Ahror Jonpo‘latov ariza bilan murojaat qilib, joriy yilning 22 iyul kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, hech kim yo‘qligidan foydalanib, sim setkani kesish yo‘li bilan kirib, unga tegishli molxonasidan umumiy narxi taxminan 13.000.000 so‘m bo‘lgan 2 bosh qora mollarini o‘g‘irlaganligini ma'lum qilgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar berdi.
Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni shu mahallada yashovchi 1992 yilda tug‘ilgan Nurali Pozilov, 1993 yilda tug‘ilgan Botir Abdusattorov va 1992 yilda tug‘ilgan Sherbek Burxonovlar sodir etganligi aniqlanib, ushlandi.
Ushbu holat yuzasidan Nurali Pozilov, Botir Abdusattorov va Sherbek Burxonovlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksning tegishli 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
12:05 / 07.01.2026
Humans ilovasi orqali 2 mingdan ortiq shaxsning pullari o‘g‘irlangan – manba
09:05 / 07.01.2026
Ohangaron va Qibrayda kuchli dorilar noqonuniy muomalasiga doir holatlar aniqlandi
14:39 / 06.01.2026
Germaniya tarixidagi eng yirik bank o‘g‘riligi: birinchi muhim dalil topildi
11:55 / 03.01.2026