Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NASA Yerning Oydan olingan birinchi suratini namoyish qildi
Foto: NASA
NASA koinot agentligi Yerning Oy sirtidan olingan birinchi suratini namoyish qildi. Ushbu noyob surat 51 yil avval olingan bo‘lsa-da, biroq agentlik uni butun dunyoga endi ko‘rsatishga qaror qildi. Surat agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasida joylashtirildi.
Ma'lum qilinishicha, surat 1966 yil 10 avgustda o‘sha paytda eng mukammal sanalgan Lunar Orbiter lunoxodi yordamida olingan. Shu kuni qurilma Oy sirtidan hammasi bo‘lib 3 mingdan ko‘proq surat olgan. Biroq aytish joizki, suratlarning aksariyat qismida bevosita Oy sirti aks etgan.
O‘sha vaqtda Oyga uning sirtini o‘rganish uchun 5 ta Lunar Orbiter qurilmasi jo‘natilgan. Lunoxodlar Oyning sirti bo‘ylab sekin-asta harakatlanib, har bir nuqtada bir nechtadan surat olganlar.
Mavzuga oid
07:15 / 22.11.2025
Yerdan tashqari okeanlar: Quyosh tizimida suvning asosiy zaxirasi qayerda?
07:16 / 20.11.2025
Inson faoliyati tufayli Yerning aylanish o‘qi 80 smga siljigani aniqlandi
07:50 / 27.10.2025
Oydagi chang Yerda suvning kelib chiqishi haqidagi versiyani o‘zgartirdi
12:45 / 19.09.2025