Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqish muddati e'lon qilindi
Foto: Getty Images
Buyuk Britaniya 2019 yilning martida Yevroittifoqni (YeI) tark etishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga mamlakat Bojxona ittifoqi va YeI umumiy bozoridan ham chiqadi. Bu haqida moliya vaziri Filip Xemmond va tashqi savdo vaziri Liam Foks bergan ma'lumotga asoslanib, The Sunday Telegraph xabar berdi.
"Biz Bojxona ittifoqidan chiqamiz va mustaqil, ochiq savdo derjavasi sifatida eng foydali savdo bitimlari muhokamasi uchun erkinlikka ega bo‘lamiz", - deyiladi maqolada.
Vazirlar shuningdek Brexit'dan keyingi zarur o‘tish davri "abadiy davom etishi mumkin emas"ligini ta'kidlashdi.
Bundan avval byudjyet bo‘yicha komissar Gyunter Ettinger Buyuk Britaniya Yevroittifoq tarkibidan chiqqanidan keyin YeI byudjyetida yiliga 12 milliard yevro yetishmasligi haqida aytgandi.
Mavzuga oid
08:39 / 04.05.2026
Dunyoda birinchi davlat to‘liq avtonom dronlar galasini sinovdan o‘tkazdi
23:32 / 01.05.2026
Qirol va qirolmas uchrashuvi. Charlz III Oq uyda oriycha master-klass ko‘rsatdi
20:53 / 01.05.2026
Urush davrida o‘zbekistonlik askarga boshpana bergan britaniyalik oila taqdirlandi
17:51 / 28.04.2026