Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu zaxirada! Mavsumdagi dastlabki «El-klasiko» tarkiblari ma'lum
Ispaniya superkubogi doirasidagi birinchi uchrashuvda maydonga asosiy tarkibda tushadigan futbolchilar nomi aniq bo‘ldi.
Zinedin Zidan bu safar ham portugaliyalik Krishtianu Ronalduni zaxira o‘rindig‘ida qoldirgan.
«El-klasiko»ga aylangan bu safargi superkubokning birinchi uchrashuvi «Kamp Nou»da bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.
«Barselona»: ter Shtegen, Vidal, Pike, Yumtiti, Alba, Buskets, Inesta, Rakitich, Messi, Suares, Deulofeu.
«Real»: Navas, Karvaxal, Ramos, Varan, Marselo, Kasemiro, Kroos, Kovachich, Isko, Beyl, Benzema.