«Barselona» yarim himoyaçisi Andres Inesta Kataloniya jamoasining Ispaniya superkubogi doirasida «Real»ga qarşi bölib ötadigan javob uçraşuvi qaydnomasiga kiritilmadi.

Kök-anorranglilar rasmiy saytining xabar berişiça, 33 yoşli futbolçi öng soni muşak jarohati tufayli öyinda qatnaşa olmaydi.

Bellaşuvni jarohat tufayli Rafinya Alkantara va Tomas Vermalen ham ötkazib yuboradi. Bundan taşqari, Arda Turon, Marlon, Serxi Samper, Munir Al-Haddadi va Duglas Pereyra ham iştirok etmaydi.

«Barselona»ning öyinda iştirok etişi mumkin bölgan futbolçilari: ter Ştegen, Sillessen, Semedu, Pike, Rakitiç, Buskets, Denis Suares, Suares, Messi, Maskerano, Deulofeu, Pako Alkaser, Xordi Alba, Din, Serxi Roberto, Andre Gomeş, Aleyks Vidal, Yumtiti, Alenya.

«Barselona» «Kamp Nou» stadionida keçgan ilk bahsda «Real»ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi, Inesta esa 68-daqiqada almaştirilgandi.

Javob uçraşuvi Madridda 17 avgust kuni bölib ötadi, öyinning boşlaniş vaqti – 2:00 (Toşkent vaqti bilan).