Light | 21:31 / 15.08.2017
21934
6 daqiqa o‘qiladi

Safarga tayyorlanishga doir 19 samarali maslahat

Safarga nima olish kerakligi, shuningdek buyumlarni to‘g‘ri va tartibli joylash borasida aniq tasavvurga egamisiz? "Layfxaker" shu haqdagi 19 samarali maslahati bilan bo‘lishdi. 

1. Zarur buyumlar ro‘yxatini tuzing

Ro‘yxatni smartfonda yoki qo‘lda yozishingiz mumkin. Joylangan buyumlarni ro‘yxatdan o‘chirib boring. Shunda o‘zingizga kerakli narsalaringizni unutmaysiz. Safardan qaytganingizda buyumlaringizni xuddi shu ro‘yxat asosida tekshirib chiqishingiz mumkin - hammasi joyidami yoki yo‘q. 

2. Tayyor ro‘yxatlardan foydalaning

Sayohatni rejalashtirar ekansiz, ko‘p narsaga ulgurishingiz kerak. Ba'zan shuncha payt orziqib kutilgan sayohatga tayyorgarlik ko‘rishdan boshingiz aylanib ketadi. Agar ro‘yxat tuzishga vaqtingiz bo‘lmasa, tayyor ro‘yxatlardan foydalaning. Ularda sayohat davomiyligiga qarab zarur buyumlar soni ko‘rsatiladi. 

3. Kiyim-kechakni vaqtni qanday o‘tkazishingizga qarab tanlang

Agar siz kun bo‘yi diqqatga sazovor joylarni ko‘zdan kechirishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, qulay kiyim va poyabzallaringizni oling. Xilma-xillik uchun aksessuarlaringizni olishni unutmang. Agar sayohatingiz davomida faqat teatr va restoranlarga borish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, u holda shunday joylarga to‘g‘ri keladigan kiyimlaringizni oling. 

4. O‘sha yerda xarid qilishingiz mumkin bo‘lgan narsalarni olmang

Boshqa shahar yoki mamlakatdan olib kelingan oddiy futbolka ham sayohatni yodga solib turuvchi yoqimli esdalik bo‘lib qoladi. 

Agar siz shopogolik bo‘lsangiz va chemodaningizda ko‘pincha sovg‘alar uchun joy topilmasa, buning yo‘li bor: barcha sovg‘alarni bir chemodanga joylab, uni katta hajmdagi boshqa bir chemodanga joylang. 

Kartinki po zaprosu 19 effektivnyx sovetov po upakovke bagaja

5. Kiyimlaringizni hafta kunlariga moslab alohida paketlarga joylang

Bu maslahat farzandlari bilan sayohatga otlanayotganlar uchun ayni muddao. Har bir paketning ustiga yozib qo‘ying va albatta, har ehtimolga qarshi, qo‘shimcha paket oling. Bu usul vaqtingizni tejaydi, unga ketadigan vaqtni yanada sermazmun o‘tkazishingiz mumkin. 

6. Ko‘p narsa olmang

Aslida sayohatda ko‘p narsa kerak bo‘lmaydi. Odamlar oylab yelkasida birgina ryukzak bilan sayohat qilishadi. Faqat eng zarur narsalarnigina oling, yukingizni behudaga og‘irlashtirmang. 

7. Narsalaringizni oldindan yig‘ib qo‘ying

Safarga bir necha kun qolganda ishga kirishing. Biroz vaqt o‘tgach, ba'zi narsalar umuman kerak emasligiga amin bo‘lasiz. Koko Shanel shunday qoidaga rioya qilgan: "Uydan chiqishdan avval ko‘zguga qarang va bir aksessuaringizni yeching".

8. Buyumlarni vakuum paketlarga joylang

Agar siz hamma narsa kerak bo‘ladi deb hisoblasangiz, u holda sizga vakuum paketlar yordamga keladi. 

9. Ortiqcha yuk bo‘ladigan kiyimlaringizni olmang

Masalan, jinsini biror bir yengil kiyimga almashtirish mumkin. Aks holda, chemodaningiz umuman yopilmay qolishi mumkin. 

10. Maxsus qoplama-paketlardan foydalaning

Shunda butun chemodanni ag‘darishga to‘g‘ri kelmaydi. Videoni tomosha qiling, unda buni qanday amalga oshirish ko‘rsatilgan.

11. Bayramona liboslaringizni olmang

Hashamdor bal ko‘ylagini faqatgina uni kiyish uchun aniq sabab bo‘lsagina olish mumkin, aks holda, ortiqcha yuk bo‘ladi. 

12. Dorilar esdan chiqmasin

Favqulodda holatlar uchun, albatta, dorilar solingan aptechkani unutmang. U eng zarur dorilardan iborat, ixcham bo‘lishi kerak. 

⦁    og‘riqsizlantiruvchi (trimol, no-shpa);
⦁    istima tushiruvchi (paratsetamol);
⦁    ichburug‘ga qarshi vosita (loperamid);
⦁    jig‘ildon qaynashiga qarshi yoki ovqat hazm qilish bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etuvchi dorilar (mezim, enzistal);
⦁    shamollash, tumov va yo‘talga qarshi dori vositasi;
⦁    antigistamin preparatlar (tsetrin);
⦁    jarohatlarga qarshi vosita;
⦁    antiseptiklar va bog‘lama materiallar.

13. Eng zarur narsalarni chemodanga solmang

Masalan, ichkiyim, tish cho‘tkasi va shunga o‘xshash narsalar. Agar reys ushlanib qolsa yoki yukingizni yo‘qotib qo‘yishsa, eng kerak narsalaringiz o‘zingiz bilan bo‘ladi. 

14. Ichkiyim va paypoqlarni ixcham qilib joylashtiring

Bunda sizga quyidagi videolar yordam beradi:

15. Zanjirlar va bilakuzuklaringizni paxtali cho‘p atrofiga yig‘ing

Bu, birinchidan joyni tejasa, ikkinchidan, zanjirlarning chigallashib ketishi oldini oladi. 

16. Karabin yordamida kichik sumkalarni chemodanga mahkamlang

Maslahat samolyotda sayohat qiluvchilarga to‘g‘ri kelmaydi. Agar sizning kosmetikangiz yoki vanna anjomlaringiz alohida sumkalarda bo‘lsa, chemodanga sig‘masa, karabindan foydalanib ko‘ring. 

17. Qattiq shampun oling

Shampundan tashqari, soch konditsioneri, dush geli va atirning ham qattiq turlari bor. Ular tufayli chemodaningizda bo‘sh joy ko‘proq bo‘ladi. 

18. Suyuqlik solingan butilkalarning og‘zini iste'mol plyonkasi bilan yoping

Agar baribir suyuq shampun va boshqa vanna anjomlarini olishga qaror qilsangiz, bu usul ularning to‘kilishiga yo‘l qo‘ymaydi. 

19. Chemodanga bir juft nam salfetka soling

Bu sizning buyumlaringizga xushbo‘y va yoqimli hid beradi. 

Mavzuga oid