B guruhiga kiruvçi vitaminlar insonni işçan va ğayratli qiluvçi «tugmaça» hisoblanadi. Ularning vazifalari turliça, ammo yagona eng muhim xususiyat ostida birlaşadi: organizmning oziq-ovqatdan quvvat olişiga yordam beriş hamda foydali moddalarni barça organ va töqimalarga yetkazib beriş.
B guruhi özida u yoki bu yöl bilan moddalar almaşinuvida iştirok etuvçi sakkiz vitaminni jamlagan:
- V1 (tiamin): tavsiya qilingan kunlik me'yor — okolo 1,2 mg
- V2 (riboflavin): 1,3 mg atrofida
- V3 (niatsin): 16 mg atrofida
- V5 (pantoten kislotasi): 5 mg atrofida
- V6 (piridoksin): 1,3 mg
- V7 (biotin): 30 mkg atrofida
- V9 (folat kislotasi): 400 mkg atrofida
- V12 (kobalaminlar): 2,4 mkg atrofida.
Afsuski, tanamiz, B12’dan boşqa, yuqorida sanalgan heç qaysi vitaminni zaxira sifatida saqlay olmaydi. Şuning uçun, özni bardam-baquvvat his qiliş uçun uşbu vitaminlarni har kuni oziq-ovqat orqali qabul qiliş zarur.
B guruhi vitaminlari köplab mahsulotlar tarkibida uçraydi. Ammo nimanidir «B vitaminiga boy» deb ataş uçun tarkibdagi u yoki bu B komponenti kunlik zarur me'yorning kamida 20 foizini taşkil qilişi kerak.
B vitaminlaridan olinadigan foyda ular alohida emas, balki birgalikda tanovul qilinganda ortadi.
Quyida tarkibida B guruhining bir yoki bir neça vitaminlarini eng köp saqlaydigan 7ta mahsulot keltirilgan. Ularning ba'zilari hatto maşhur (töğri, bemaza) pişiriq xamirturuşidan ham ustundir.
1. Losos baliği

Losos baliği xuddi xazinadek: unda B guruhining sakkiz vitaminidan yettitasi mavjud, faqatgina biotin yöq. Şu bilan birga, vitaminlarning törttasi juda katta miqdorda. Şunday qilib, xom, peçda tayyorlangan yoki buğda pişirilgan 100 gramm baliqdan quyidagiça vitamin olinadi:
- B2 (riboflavin) - kunlik normaning qariyb 30 foiz;
- B3 (niatsin) - 50 foiz;
- B6 (piridoksin) - 47 foiz;























