Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, joriy yilning 10 oyida özbekistonliklar eng köp qöşni va mintaqaviy mamlakatlarga borişni afzal körgan.
Özbekiston fuqarolari eng köp safar qilgan top-10 davlat quyidagiça şakllandi:
- Qirğiziston — 2,8 mln nafar;
- Qozoğiston — 1,2 mln nafar;
- Tojikiston — 1,1 mln nafar;
- Rossiya — 370,1 ming nafar;
- Saudiya Arabistoni — 237,1 ming nafar;
- Turkiya — 230,8 ming nafar;
- Birlaşgan Arab Amirliklari — 114,1 ming nafar;
- Misr — 56,2 ming nafar;
- Xitoy — 39,6 ming nafar;
- Vetnam — 32,8 ming nafar;
- boşqa davlatlar — 204,1 ming nafar.
Qayd etilişiça, xorijga çiqiş safarlari sonining ortişi aholi daromadlari ösişi, turpaketlar va aviaqatnovlar geografiyasining kengayişi, şuningdek, qator davlatlar bilan vizasiz rejim va yengillaştirilgan viza tartiblarining joriy etilgani bilan izohlanmoqda.
Şu bilan birga, qöşni Qirğiziston, Qozoğiston va Tojikistonga safarlar uluşining yuqoriligi iqtisodiy, oilaviy va mehnat aloqalari, şuningdek, yaqin masofa va safar xarajatlarining nisbatan arzonligi bilan boğliq ekani ta’kidlanadi.
















