Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Deniyel Kreyg yana Jyeyms Bond rolini ijro etishini tasdiqladi
AQShning «Oqshom suhbati» (the Late Show) ko‘rsatuvida chiqish qilgan ingliz aktyori Deniyel Kreygga boshlovchi kelgusida ham maxfiy ayg‘oqchi rolini ijro etadimi, deya savol nazari bilan yuzlandi.
Aktyor teleboshlovchi Stefen Kolbert savoliga qisqagina «ha» deb javob berdi va uning qo‘lini siqib qo‘ydi.
Agent 007 haqidagi filmlarining so‘nggi to‘rttasida bosh rolni ijro etgan Deniyel Kreyg shu paytgacha bundan savollarni inkor etib kelayotgan edi. 2019 yil noyabr oyida katta namoyishi rejalashtirilgan yangi qismda uning ishtiroki tasdiqlandi.
«Menimcha shu qism bilan Bond hayotiga nuqta qo‘yaman, mening ijroimdagi so‘nggi filmda ishtirok etmoqdaman», deydi aktyor.
2006 yili Jyeyms Bond obrazidagi ilk debyutini «Kazino Royal» filmi orqali boshlagan aktyor oxirigi marta 2015 yil ishlab chiqarilgan kartinada ishtirok etgan edi.
Mavzuga oid
16:14 / 08.12.2025
Aston Martin yarim asr uyda zanglab yotdi, endi esa u million funtga baholanmoqda
22:11 / 23.09.2021
Aktyor Deniel Kreygga o‘z qahramoni Jyeyms Bond kabi faxriy kommander unvoni berildi
22:14 / 27.01.2021
Jyeyms Bond haqidagi film premerasi Nokia smartfoni sababli kechiktirildi
23:33 / 11.08.2020