Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya sohillari yaqinida 340 muhojir qutqarildi
16 avgustda Afrikadan Ispaniyaga dengiz orqali yetib olmoqchi bo‘lgan 340 ga yaqin odam qutqarib olindi. Bu haqda Dengizda qutqarish xizmati ma'lum qildi.
“Bugun qutqarib olinganlarning umumiy soni 339 kishini tashkil qildi. Ularning barchasi Tarifaga yetkazilgan”, deb aytilgan xizmat xabarida. Qutqaruvchilarning ma'lumotlariga ko‘ra, muhojirlar Ispaniya sohillariga 4 ta kemada kelishgan.
2017 yil boshidan Ispaniyaga kelgan noqonuniy muhojirlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 marta ko‘paygan. Yanvardan iyungacha mamlakatga 10751 muhojir kelgan. Iyun oyining o‘zida 2189 kishi Gibraltar bo‘g‘ozini damlangan qayiqlarda kesib o‘tmoqchi bo‘lgan, 3209 kishi esa Ispaniya chegarasini Seuta va Melilada (Ispaniyaning Afrika shimolidagi anklavlari) kesib o‘tgan. Bir necha hafta oldin Ispaniya sohillariga yetib borishga urinishda Alboran dengizida 49 kishi halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
15:15 / 16.06.2026
Afrikacha master-klass: Kabo-Verdedan nimalarni o‘rganish kerak?
09:01 / 25.05.2026
Ispaniyada uy-joy inqirozi: ijarachilar ko‘chalarga chiqdi
00:04 / 20.05.2026