Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Yelizaveta II taxtni topshirishni rejalashtirmagan
Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II taxtdan uni valiahd shahzoda Charlzga berish maqsadida voz kechmoqchi emas, deb xabar qilmoqda The Sunday Times gazetasi qirolichaga yaqin manbalarga asosan.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, qirolicha mamlakat oldidagi o‘z burchini bajarishda davom etmoqchi.
Nashrning qirolichaga yaqin bo‘lgan manbalaridan birining xabar berishicha, Yelizaveta II taxtda davlat rahbari majburiyatlarini bajarish uchun yetarli darajada sog‘ holatda bo‘lgunga qadar qolmoqchi.
Shu tariqa, nashrning aniqlik kiritishicha, mamlakatga vaqtincha rahbarlik qilish haqidagi gaplar hech qanday asosga ega emas. Bu ma'lumotni Bukinghem saroyi va Klarens-xausdagi qirolli oilasi qarorgohi a'zolari ham tasdiqlashgan.
Avvalroq OAV Britaniya qirolichasining taxtni topshirishiga tayyorgarlik boshlangani haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
18:22 / 26.06.2026
Morgan ko‘z uzish imkonsiz retro dizaynli avtomobilni taqdim qildi
21:12 / 25.06.2026