Sport | 11:40 / 22.08.2017
19506
1 daqiqa o‘qiladi

Messi sobiq jamoadoshi «Barselona»ga qaytishini istamadi

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi «Bavariya»dan jamoaning sobiq futbolchisi Tiago Alkantara qaytarilishiga qarshi chiqdi. Don Balon ma'lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar ushbu futbolchini markazni kuchaytirish uchun xarid qilmoqchi bo‘lgandi.

Messi Alkantaraning qaytishiga qarshi bo‘lgani bu futbolchi bir vaqtlar «Barselona»dan «Real»ga o‘tishga harakat qilgani, oxir-oqibatda Germaniyaga yo‘l olgani bilan bog‘lanmoqda.

Ushbu ispaniyalik futbolchi katalonlar safida 2009 yildan 2013 yilgacha to‘p surgan, keyin Gvardiola uni «Bavariya»ga olib ketgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid