Jahon | 14:27 / 24.08.2017
9421
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston davlat telekanalining nomi lotin alifbosiga o‘zgartirildi

Foto: Today.kz

"Qozog‘iston" davlat telekanali yangi telemavsumni o‘z logotipining rebrendingi bilan boshladi.

Yangi logotipning taqdimoti Qozog‘iston axborot va kommunikatsiyalar vaziri Davron Abayev, “Respublika teleradiokorporatsiyasi” rahbari Yerlan Karin va boshqa shaxslar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Abayevning xabar berishicha, endilikda “Qozog‘iston”, “Balapan”, “Kazsport” kanallarining nomi lotin alifbosida yoziladi.

“Yangi mavsum ijobiy bo‘ladi. Bizning fikrimizcha, rebrending bunga qo‘yilgan birinchi qadamdir. Umid qilamanki, sifat jihatidan yangi darajaga chiqamiz”, - dedi vazir.

Qozog‘iston “Respublika teleradiokorporatsiyasi” rahbari Yerlan Karinning xabar berishicha, endi telekanal Qazaqstan deb ataladi. 

Mavzuga oid