Makkeyn yana bir bor Ukrainaga o‘qotar qurollar yetkazib berishga chaqirdi
Amerikalik senator Jon Makkeynning bayonot berishicha, AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettisning Ukrainaga tashrifi Vashingtonning Kiyevga o‘qotar qurol-aslahalar yetkazib berish amaliyotini tiklashga yordam beradi. Senator shu bilan bu jarayonni amalga oshirishga chaqirdi. Siyosatchining bayonoti uning saytida e'lon qilingan.
Uning fikricha, Ukraina Amerika qurollariga muhtoj, chunki «o‘z mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilishi kerak».
Makkeynga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp Moskvaga qarshi sanksiyalarni kuchga kiritish bilan «Rossiya agressiyasini to‘xtatib turish uchun sezilarli birinchi qadamni tashlagan». Uning fikricha, Kiyevga qurollarnii berish «tinchlik o‘rnatish uchun zarur».
31 iyul kuni The Wall Street Journal nashri yozganidek, Pentagon va AQSh davlat departamenti tanklarga qarshi raketalar va boshqa qurollarni yetkazib berish rejasini ishlab chiqqan. Mudofaa vazirligi taklifining Oq uy tomonidan ma'qullanishini kutmoqda.
2016 yil sentabr oyida AQSh Vakillar palatasi bir ovozdan Kiyevga o‘qotar qurollar yetkazib berishni Kiyevga beriladigan harbiy yordam ro‘yxatiga kiritgan edi. Biroq bu hujjat hozircha Senat va mamlakat prezidenti tomonidan tasdiqlangani yo‘q.
Vashington ayni vaqtda Ukraina qurolli kuchlariga harbiy texnika, amunitsiya va uskunalarni yetkazib beradi. Rasmiy Kiyevning bir necha marotaba murojaatiga qaramay, o‘qotar qurollar yetkazib berishni rad etmoqda. Yevropaning yirik siyosatdonlari, jumladan Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer ham bu ishga qarshi chiqqandi.
Mavzuga oid
09:22
Ukrainalik faollar yana Navalnayaning nutqini to‘xtatishga urindi
07:56
Pentagon Ukrainaga yordam uchun qolgan pul miqdorini e’lon qildi
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
21:13 / 12.11.2024