Ayni paytda Yevropa Ittifoqi Kengashiga raislik qilayotgan Kipr Ukraina va Moldovaning YeIga qo‘shilishi bo‘yicha birinchi muzokaralar klasterini rasman ochish uchun tayyorgarlik ishlari boshlanganini ma’lum qildi.

Kipr raisligi bayonotida bu qadam ikki mamlakatning Yevropa integratsiyasi yo‘lidagi muhim bosqich ekani va YeIning birdamligi hamda qat’iyatini namoyon etishi ta’kidlangan.

Ukraina va Yevropa Ittifoqi ekspertlar darajasida barcha muzokaralar klasterlarini ochish bo‘yicha ishlarini mart oyidayoq yakunlagan edi. Endi mazkur jarayonni rasmiylashtirish masalasi muhokama qilinmoqda.

Shu bilan birga, Vengriya bosh vaziri Peter Madyar Ukrainadagi venger milliy ozchiligining til, ta’lim va madaniy huquqlarini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev ushbu majburiyatlarni Yevropa Ittifoqi bilan harakatlar rejasiga kiritsa, Vengriya Ukraina bo‘yicha birinchi muzokaralar bosqichini qo‘llab-quvvatlaydi.

Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen avvalroq Ukraina uchun muzokaralar klasterlarini ochish masalasi 18–19 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan Yevropa Kengashi yig‘ilishida muhokama qilinishini bildirgan.