Sport | 20:32 / 25.08.2017
29303
1 daqiqa o‘qiladi

«Barselona» yangi transferi haqida e'lon qildi

«Barselona» Dortmundning «Borussiya» klubidan fransiyalik yarim himoyachi Usmon Dembeleni transfer qilganini e'lon qildi.

Klub rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, ushbu futbolchi transferi uchun 105 mln yevro to‘lanadi. Shuningdek, ushbu miqdorning 40 foizi hajmidagi bonuslar berilishi mumkin.

20 yoshli futbolchi katalonlar klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi. Shartnomada futbolchi uchun 400 mln yevro miqdorida badal puli belgilanadi.

Foto: Twitter/FCBarcelona

Dembele Barselonaga yakshanba kuni yetib keladi va keyingi kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tib, shartnomaga imzo chekadi.

Neymar o‘rniga: «Barselona» kim uchun to‘lamoqchi

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid