Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda hudkush terrorchining xuruji 13 kishining umriga zomin bo‘ldi
Afg‘onistonning G‘ilmon viloyati rasmiylari Nava shahrida hudkush terrorchi o‘zini portlatib yuborganini tasdiqladi. Terrorchi viloyat janubida joylashgan tumanda harbiy avtomashina yonida o‘zini portlatgan. Buning oqibatida 13 kishi qurbon bo‘lgan, 19 kishi yaralangan, deb xabar qilmoqda Tolo News
Xuruj yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan kechqurun 18:30 atrofida tumanning Dopul hududida sodir etilgan.
Halok bo‘lganlar orasida harbiylar bilan birga oddiy fuqarolar ham bor.
“Portlashda 13 fuqaro va harbiy o‘ldirildi. 19 fuqaro yaralandi”, - degan viloyat hokimiyati rasmiy vakili Umar Zvak.
Mavzuga oid
11:16 / 31.01.2026
Buxoroda ko‘p kvartirali uy portladi
13:52 / 26.01.2026
2025 yilda O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p Afg‘oniston fuqarolari kelgan
18:30 / 25.01.2026
Afg‘onistondan keltirilgan oltinlar Surxondaryoda qayta ishlanmoqda
09:58 / 24.01.2026