Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxona xizmatidagi byurokratiya sababli tadbirkor 6000 yevro zarar ko‘rdi
Qoraqalpog‘istonlik tadbirkor Qutlimurat Panayevning Kruz.uz nashriga ma'lum qilishicha, u O‘zbekistonning G‘arbiy Qozog‘iston bilan chegarasidagi «Qoraqalpog‘iston» bojxona postida byurokratik to‘siqlar tufayli 6000 yevro zarar ko‘rgan.
Tadbirkorning Avstriya davlatidan olib kelayotgan 300ta naslli echkilarining 10tasi ushbu postda uzoq vaqt ushlab turilishi vaqtida issiqqa chidamay o‘lib qoladi. Bu naslli echkilarning har biri 600 yevroga tushgan.
«Iyul oyidagi 60 daraja issiqda naslli echkilar ortilgan transportlarni «Qoraqalpog‘iston» bojxona postida 8 soat ushlab turdi. Shu postgacha men 7ta davlatning (Avstriya-Germaniya-Polsha-Ukraina-Belarus-Rossiya-Qozog‘iston) chegarasidan ortiqcha ovoragarchiliklarsiz, bemalol, eson-omon o‘tdim, kelib-kelib o‘z yurtimning chegara postida jabr tortdim. Mana endi 6000 yevro zarar ko‘rmoqdaman. Bu chiqimni kim menga qoplab beradi? Bojxona xizmatkorlari qanaqadir o‘zlarining qonun-tartiblarini menga vaj qilayapti. Davlatning zarariga ishlaydigan bunaqa qonun-tartiblar nimaga kerak?! Axir men davlatimga boylik olib kelayotgandim. Bojxona xizmati meni haliyam ushlab turaverardi. Yuqori tashkilotdagi mulozimlarning o‘rtaga tushishi bilan vaziyat yumshadi», - degan tadbirkor.
Mavzuga oid
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
21:11 / 30.05.2026
Farg‘onada 1 mlrd 247 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
08:34 / 22.05.2026