KXDR raketa uchirganini yana uch davlat keskin qoralab chiqdi
Tinch okeani mintaqasining qator davlatlari Shimoliy Koreya tomonidan navbatdagi raketa sinovi o‘tkazilganini qoralab chiqdi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Indoneziya tashqi ishlar vazirligining ma'lum qilishicha, raketa sinovi Shimoliy Koreyaning xalqaro majburiyatlariga mos tushmaydi. Mamlakat KXDRni BMT rezolyutsiyasiga amal qilishga chaqirgan.
Filippin tashqi ishlar vaziri Alan Kaetano hamda Pxenyanni fitna harakatlarini to‘xtatishga chaqirdi. Ma'lum qilinishicha, «bu muloqotga xizmat qiluvchi sharoitni yaratishda yordam berishi lozim».
The Guardian’ning xabar berishicha, Avstraliya ham raketa uchirilishini qoralab chiqqan.
«Shimoliy Koreya rejimi mintaqa va dunyodagi tinchlik hamda barqarorlikka tahdid qilishda davom etmoqda. Biz barcha davlatlarni Xavfsizlik Kengashi tomonidan KXDRga nisbatan ko‘zda tutilgan eng qattiq sanksiyalarni qo‘llashga chaqiramiz», - deya ma'lum qilgan ushbu mamlakat bosh vaziri Malkolm Tyornbull.
Avstraliya tashqi ishlar vaziri Juli Bishop esa raketa sinovini «fitnaga to‘la, xavfli, vaziyatni beqarorlashtiruvchi va tahdid uyg‘otuvchi akt» deb atagan.
Avvalroq Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Xitoy va Rossiya KXDRga bosimni kuchaytirishi kerakligi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
17:26 / 13.11.2024
Balida vulqon otilishi tufayli 20 dan ortiq xalqaro reyslar bekor qilindi
14:22 / 13.11.2024
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
11:22 / 12.11.2024
Shimoliy Koreyadan qochganlar RFdagi KXDR kuchlari orasida dezertirlikka erishmoqchi
10:41 / 12.11.2024