Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
KXDR Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, agar yadroviy kuchlarni boshqarish tizimi dushman hujumi tufayli xavf ostida qolsa, «yadroviy zarba avtomatik ravishda va zudlik bilan amalga oshiriladi».
Shimoliy Koreya konstitutsiyasiga mamlakat yetakchisi Kim Chen In halok bo‘lgan taqdirda armiyani avtomatik ravishda yadroviy zarba berishga majbur qiladigan modda kiritildi. Bu haqda The Telegraph Janubiy Koreya Milliy razvedka xizmati brifingiga tayanib xabar berdi.
Qayta ko‘rib chiqilgan Konstitutsiyada Kim Chen In endi Davlat kengashi raisi sifatida ko‘rsatilgan va bevosita davlat rahbari sifatida belgilangan. Davlat kengashi raisi KXDR yadroviy kuchlariga qo‘mondonlik qiladi. Kim Chen In yadro kuchlarining yagona qo‘mondoni sifatidagi maqomi qonunda alohida ta’kidlangan.
The Telegraph nashrining ta’kidlashicha, agar yadroviy kuchlarni boshqarish tizimi dushman hujumi tufayli xavf ostida qolsa, «yadroviy zarba avtomatik ravishda va zudlik bilan amalga oshiriladi».
Janubiy Koreyaning hisob-kitoblariga ko‘ra, KXDR 60 ga yaqin yadro kallaklari va 2 tonnaga yaqin yuqori darajada boyitilgan uranga ega.
Tuzatishlar 22 mart kuni Pxenyanda bo‘lib o‘tgan 15-chaqiriq Oliy xalq majlisining birinchi sessiyasida qabul qilindi. O‘zgarishlarga Amerika-Isroilning Eronga qo‘shma zarbalari sabab bo‘lishi mumkin, natijada mamlakat oliy rahbari Ali Xominaiy va uning atrofidagilarning bir qismi halok bo‘lgan edi, deb yozdi The Telegraph.
Mavzuga oid
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
23:16 / 18.05.2026
AQSh Eronning kelishuv bo‘yicha yangi taklifini «yetarli emas» deb hisobladi
19:56 / 10.04.2026
Zelenskiy Ukrainaning yadro qurolidan voz kechishini «katta xato» deb atadi
10:20 / 30.03.2026