Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Renault, Nissan va Dongfeng hamkorligida qo‘shma korxona ochiladi
Renault va Nissan kompaniyalari Xitoyning Dongfeng Motor avtomobil ishlab chiqaruvchisi bilan hamkorlikda Markaziy Xitoydagi Xubey provinsiyasida elektromobillar ishlab chiqara boshlaydi. Yangi korxona eGT New Energy Automotive nomini oldi. Bu haqida Renault matbuot xizmati xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Renault va Nissan tashkil qilingan kompaniyaning 25 foizdan, Dongfeng esa - 50 foiz aksiyasiga egalik qiladi. Korxona yiliga 120 mingtagacha elektrokar ishlab chiqarishi kutilmoqda. Rejaga ko‘ra, ishlab chiqarish 2019 yilda boshlanadi.
Ta'kidlash joizki, Dongfeng Motor shundoq ham Renault va Nissan bilan hamkorlik qiladi, kompaniya Xitoy bozori uchun Kadjar va Teana avtomobillarini ishlab chiqaradi.
Xitoy Avto ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasining ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning o‘zidayoq mamlakatda 256,8 mingdan ziyod elektromobil sotilgan, bu yillik hisobda 121 foizga ko‘p. 2016 yilning oxirida XXR haydovchisiz mashinalarni sinovdan o‘tkazuvchi tajriba zonasini ishga tushirdi. Loyiha Renault, Dongfeng Renault Automotive Company va Caidian developer guruhi tomonidan amalga oshirilgan.
Mavzuga oid
21:02 / 15.06.2026
BMW tajovuzkor M3 Neue Klasse elektromobili konsepsiyasini taqdim etdi
18:45 / 12.06.2026
Kundalik sayohat uchun eng yaxshi avtomobil nomi e’lon qilindi
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
17:59 / 10.06.2026