Jamiyat | 11:51 / 29.08.2017
21298
2 daqiqa o‘qiladi

Tuzni ko‘p iste'mol qilishning eng asosiy xavfi ma'lum qilindi

Foto: Getty Images/Daniel Grill

Finlyandiyadagi salomatlik va farovonlik Milliy instituti professori Pekka Yousilaxti Yevropa kardiologlar jamiyatining anjumanida tuzni haddan tashqari ko‘p iste'mol qilish qanday xavf tug‘dirishi mumkin ekani haqida ma'lum qildi. Bu haqda The Independent xabar bergan.

Yousilaxti va uning hamkasblarining ko‘rsatishicha, bir sutkada 13,7 grammdan ko‘proq tuzni iste'mol qilish yurak yetishmovchiligi rivojini ikki barobarga oshiradi. 

12 yil davomida olib borilgan tadqiqotda 4,5 mingdan ortiq 25-64 yosh oralig‘idagi erkak va ayollar qatnashdi. Tuz iste'moli hajmini aniqlash uchun peshob tahlilidan foydalanildi.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ta'kidlashicha, har kuni 5 grammdan ortiq tuz iste'mol qilmaslik tavsiya etiladi. Qayd etilishicha, bir sutkada iste'mol qilinayotgan tuz hajmini besh grammga qadar kamaytirish har yili taxminan 2,5 million o‘lim holatining oldini oladi. Tashkilot ma'lumotlariga ko‘ra, sayyoradagi barcha insonlarning yarmidan ko‘pi har kuni 80-140 foizga ko‘proq xlorid natriyni iste'mol qiladi.

Avvalroq ko‘p miqdordagi tuz inson miyasiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi xabar berilgandi.

Mavzuga oid