Sport | 10:02 / 30.08.2017
9960
1 daqiqa o‘qiladi

«Barselona» Koutinoni 160 million yevroga transfer qiladi

Foto: «Liverpul» matbuot xizmati

«Liverpul»ning braziliyalik futbolchisi Filippe Koutino «Barselona»ga o‘tadi. Bu haqda Yahoo! Sport xabar tarqatmoqda.

Xabar qilinishicha, «Liverpul» vakillari Koutinoga hafta oxirida «Barselona» futbolchisiga aylanishi haqida aytishgan. Klublar transfer borasida kelishuvga erishishgan. Bonuslar bilan qo‘shib hisoblanganda bu transfer 160 million yevroga aylanadi.

Bungacha mersisaydliklar Koutino uchun kataloniyaliklarning bir necha takliflarini qaytargan, oxirgi taklif miqdori 140 million yevroga yaqinni tashkil qilgandi.

«Liverpul» braziliyalik futbolchiga o‘rinbosar izlashmoqda. Nomzodlar orasida – Toma Lemar («Monako») va Aleks Oksleyd-Chemberlen («Arsenal») nomlari bor.

O‘tgan mavsumda 25 yoshli Filippe Koutino «Liverpul» uchun barcha turnirlar doirasida 36 uchrashuvda maydonga tushgan va 14 gol urib, 9 golga uzatma bergan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid