Jahon | 11:50 / 30.08.2017
12150
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy KXDR bo‘yicha va'da berdi

Foto: Reuters

Xitoy BMT Xavfsizlik Kengashining Shimoliy Koreyaga nisbatan sanksiyalarini qat'iy bajarish niyatida. Bu haqda XXR TIV rahbari Van I ma'lum qildi, deb xabar bermoqda «Interfaks».

Uning so‘zlariga ko‘ra, Pekin Xavfsizlik Kengashining KXDRga nisbatan rezolyutsiyalari talablariga «to‘la hajmda va oxirigacha» amal qiladi.

Shuningdek, Van Ining ta'kidlashicha, Xitoy BMT Xavfsizlik Kengashining boshqa a'zolari bilan Shimoliy Koreyaning so‘nggi ballistik raketa sinoviga javob ishlab chiqadi.

Avvalroq Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Xitoyning KXDRga bosimi juda muhim ekanini aytgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid