Jahon | 22:03 / 30.08.2017
4210
2 daqiqa o‘qiladi

Qualcomm Xitoy kompaniyasidan million dollarlar undirib oldi

Simsiz aloqa vositalari va mikrochiplar ishlab chiqaruvchi  Qualcomm kompaniyasi Xitoyda yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqaruvchi  mahalliy kompaniya Gotop’ga qarshi sud ishida yutib chiqdi hamda 100 mln yuan (15 mln dollar) miqdorida tovon puli oldi.

AQSh kompaniyasi foydasiga qaror Shanxay sudida chiqarildi.

1992 yilda tashkil etilgan Gotop kompaniyasi (xitoycha nomi Gao Tong) kompyuter texnikasi uchun turli ehtiyot qismlar ishlab chiqarish bilan ham shug‘ullanadi. Qualcomm Xitoyda 2001 yilda o‘z vakolatxonasini ochgan va ko‘plab yillar davomida o‘z mahsulotini Gao Tong brendi ostida sotgan. 2010 yilda AQSh kompaniyasi Xitoy sanoat-savdo ma'muriy boshqarmasiga Gotop tomondan qayd qilingan Gao Tong cavdo markasini bekor qilish bilan murojaat qilgan. Murojaat qondirilgan va Xitoy kompaniyasi sud qarori bo‘yicha apellyatsiyani ikki marta yutqazgan.

2014 yilda Gotop Shanxay xalq sudiga unga Gao Tong markasi ostida savdo qilish huquqi qaytarilishini so‘rab murojaat qilgan. Bu ish bo‘yicha sud jarayoni 2016 yil may oyida boshlangan. AQSh kompaniyasi sudda Xitoy kompaniyasi bu savdo markasiga huquqni yo‘qotganini ta'kidlagan. Natijada sud Qualcomm foydasiga qaror chiqargan va Xitoy kompaniyasi zimmasiga tovon puli to‘lash majburiyatini yuklagan.

Mavzuga oid