Myunxen okrug sudi Apple kompaniyasini Qualcomm komponentlar yetkazib beruvçining patent huquqlarini buzganlikda aybdor deb topdi. Sud qarori kuçga kirgan taqdirda, Qualcomm Germaniya hududida iPhone 7, iPhone 8 va 2017 yilgi iPhone X’lar sotuvini taqiqlaş haqida talab qöyişga haqli böladi.
Apellyatsiya körib çiqilgunga qadar Apple smartfonlar sotuvini davom ettirişi mumkin, ammo kompaniyaning ma'lum qilişiça, ularni mamlakatdagi 15ta maxsus dökon peştaxtasidan vaqtinçalik olib qöyadi. Smartfonlarni hamon riteylerlar va uyali aloqa operatorlaridan sotib oliş mumkin.
10 dekabr kuni Xitoydagi sud Qualcomm’ning şu kabi da'vosini qondirdi va mamlakat hududida iPhone 6S’dan iPhone X’gaça bölgan modellar sotuviga taqiq qöydi.
Apple va Qualcomm bir neça yildan beri butun dunyo böylab patent sudlarida iştirok etmoqda. Qualcomm smartfonlar işlab çiqaruvçisini öz texnologiyasini öğirlaganlikda ayblamoqda, Apple esa çiplar yetkazib beruvçisi bozordagi holatni suiiste'mol qilgani haqida ma'lum qilyapti.

















