Apple kompaniyasi uçta patentga mualliflik huquqlarini buziş ayblovi böyiça sud taftişini töxtatiş haqidagi kelişuvga köra protsessorlar işlab çiqaruvçi Qualcomm kompaniyasiga 4,7 mlrd dollargaça jarima tölab beradi.  

Apple va Qualcomm 16 aprelda patentlar va protsessorlarni yetkazib beriş böyiça kelişmovçiliklar böyiça kelişuvga erişgan. Kelişuvga köra, Qualcomm barça sud taftişlarini töxtatadi, Apple esa unga jarima tölab beradi. 

Apple mahsulotlariga butlovçi qismlar yetkazib beruvçi Qualcomm kompaniyasi Apple’ni tijorat siri bölgan ma'lumotni öğirlaşda ayblagan. 2018 yil dekarbda Germaniya sudi Qualcomm huquqlari buzilgan deb tan olgan, bu esa kompaniyaga iPhone 7, 8 va iPhone X smartfonlarining uşbu davlatda sotilişini taqiqlaşni talab qiliş huquqini bergan. Apple Germaniyadagi dökonlardan bu mahsulotlarini olib taşlaşiga töğri kelgan va ularni sud talablarini bajargandan keyingina fevral örtalarida sotuvga qaytara olgan. Öşanda Apple vakili buning uçun kompaniya Germaniyaga Intel kompaniyasi çiplari örnatilgan modellarini yetkazişni töxtatişiga va Qualcomm çiplariga ega telefonlarni yetkazişiga töğri kelganini ma'lum qilgan.