Jahon | 07:44 / 31.08.2017
4076
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istondagi shaxtada metan portlashi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi  

Foto: Sputnik

Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi shaxtada metan gazi portlashi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Qozog‘iston favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi vakili Ruslan Imankulov ma'lum qildi

“Bugun, 31 avgustda soat 4larda Qarag‘anda viloyati Shaxtinsk shahridagi, “Arselor Mittal Temirtau”ga qarashli Kazaxstankaya shaxtasida metanning to‘satdan portlashi yuz berdi. Bu vaqtda shaxtada 136 konchi bo‘lgan. Shaxtaning avariya yuz bergan qismida 4 kishi bo‘lgan”, deb ma'lum qilgan Imankulov.

Uning aytishicha, mavjud ma'lumotlarga ko‘ra tiriklik alomatlari bermayotgan 3 kishi shaxta ishchilari tomondan aniqlangan.

“Voqea joyida investitsiya va rivojlanish vazirligining sanoat rivojlanishi va sanoat xavfsizligi qo‘mitasining professional harbiylashtirilgan avariya-qutqaruv xizmati mutaxassislari ishlashmoqda”, deb qo‘shimcha qilgan mutaxassis.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid