Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda atom sohasida xavfsizlik haqidagi qonun qabul qilindi
Foto: AFP
Butunxitoy xalq vakillari doimiy qo‘mitasi (Xitoy qonunchilik organi) 1 sentabrda atom sohasida xavfsizlik haqidagi qonunni qabul qildi. Bu haqda China News axborot agentligi xabar bermoqda.
Qabul qilingan qonun atom reaktorlari qurilishi, tegishli qurilmalarni eksport va import qilish qoidalarini tartibga soladi. Ta'kidlanishicha, Xitoyga olib kiriladigan qurilma mamlakat qonunlarida ko‘zda tutilgan xavfsizlik me'yorlari, ma'muriy me'yorlar va standartlarga muvofiq kelishi kerak. Xitoydan qurilmalarning olib chiqilishi eksport nazorati davlat talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Ushbu qonun 2018 yil 1 yanvaridan kuchga kiradi.
Xitoyda atom sohasida birorta ham ko‘ngilsizlik yoki sizib chiqish holati yuz bermaganiga qaramasdan, Xitoy hukumati qurilayotgan reaktorlar miqdori keskin ko‘paygani tufayli atom sohasini tartibga soluvchi qonunni ishlab chiqishga majbur bo‘lgan.
Qonunda ta'kidlanishicha, atom sohasi milliy xavfsizlikning muhim qismi hisoblanadi va ushbu sohada mavjud talablarga muvofiq kelishi lozim. Shuningdek, ta'kidlanishicha, ushbu sohada xalqaro hamkorlikni kuchaytirish va terrorchilikka qarshi kurashni muvofiqlashtirish muhimligi ta'kidlab o‘tilgan.
Mavzuga oid
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
23:40 / 30.01.2026
Panama kanali Xitoy kompaniyasidan olib qo‘yildi
20:07 / 30.01.2026