Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda ayol kishi Mudofaa vaziri bo‘ldi
Foto: Reuters
Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi hukumat tarkibini isloh qilishda davom etib, Nirmala Sitharamanni Mudofaa vaziri etib tayinladi. Bu uning 2019 yil mamlakatda o‘tkaziladigan saylov jarayonidan avval o‘tkazishi lozim bo‘lgan iqtisodiy va harbiy islohotning boshlanishiga ishora qiladi.
So‘nggi marta 35 yoshli Indira Gandi mudofaa ishlari bilan shug‘ullanganidan beri, Hindistonda ayol kishi mudofaa ishlarida eng yuqori lavozimni egallamagan edi. Endilikda bungacha Savdo vaziri lavozimida xizmat qilgan 58 yoshli Sitharaman mamlakat mudofaasi bilan shug‘ullanadi.
U bir vaqtning o‘zida ikki vazirlikni boshqarib kelgan, ammo, o‘tgan hafta faqat o‘z sohasi haqida qayg‘urishni xohlayotganini bildirgan Moliya vaziri Arun Jaytliyning o‘rniga keldi. Osiyoning eng katta uchinchi iqtisodiyoti so‘nggi uch yilda tushish ko‘rsatkichi bilan yashamoqda. Shunga qaramay, mamlakat harbiy salohiyati dunyoning kuchli beshligida e'tirof etilgan.
Mavzuga oid
14:02 / 14.01.2026
Hindistonda yovvoyi fil 22 kishini o‘ldirdi. U hamon qidirilmoqda
23:10 / 07.01.2026
«Telsartan H» dori vositasining ayrim partiyasi muomaladan qaytarib olinadi
13:02 / 06.01.2026
O‘zbekistonga o‘qish uchun kelayotganlar ko‘paydi: yetakchi mamlakat - Hindiston
09:06 / 03.01.2026