Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kembrijda Britaniyadagi McDonald's restoranining ilk ish tashlashi bo‘lib o‘tmoqda
Buyuk Britaniyadagi McDonald's restoranlari tarixida birinchi marta Kembrijda va Londonning Kreyford tumanida ish tashlash o‘tkazilmoqda. Bu haqda Bakers Food and Allied Workers Union (BFAWU) novvoyxonalari kasaba uyushmasi xabar qilmoqda.
RIA Novostiga ko‘ra, McDonald's 1974 yildan buyon Birlashgan Qirollikda faoliyat yuritadi. Norozilik aksiyasida 40 ga yaqin kishi ishtirok etishi kutilmoqda. Restoranlar xodimlarining noroziligiga, ish vaqti aniq ko‘rsatilmagan shartnomalarni imzolashga majbur qilayotgani sabab bo‘lmoqda. Bu esa, soati belgilanmagan ish kuni, muddatdan ortiq ishga qo‘shimcha haq to‘lashning yo‘qligi hamda ish beruvchining o‘z xohishiga ko‘ra ishchini chaqirishini yoki umuman chaqirmasligini anglatadi. Bundan tashqari ishchilar hech bo‘lmaganda soatiga 10 funt sterling miqdoridagi minimal maosh belgilanishini talab qilishmoqda.
Bugun 4 sentabr kuni ertalab Kembrijda ko‘psonli aksiya bo‘lib o‘tgan. Shunday namoyish Kreyfordda ham bo‘lishi, so‘ngra ular Londonda uchrashishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
18:22 / 26.06.2026