Qirg‘izistonda xorijliklar elektron vizalar rasmiylashtirish imkoniyatini oldilar
Qirg‘iziston vizalarini olishni osonlashtirish maqsadida bu davlatda 2017 yil 1 sentabrdan “Elektron viza” tizimi joriy qilindi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumatining axborot ta'minoti bo‘limi ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, ushbu tizim barcha xorijiy davlatlar fuqarolariga Qirg‘izistonning elchixonalari va xorijdagi konsullik idoralari hamda davlat chegarasidagi xalqaro o‘tkazish punktlaridagi viza punktlariga murojaat qilmagan holda www.evisa.e-gov.kg sayti orqali Qirg‘izistonga 90 kunga sayyohlik yoki ishchi vizalar olishlariga imkon beradi.
Buning uchun xorijiy fuqarolarga ikkita oddiy ishni bajarish talab etiladi: viza olish uchun onlayn arizani to‘ldirish va belgilangan to‘lovni amalga oshirish.
Qirg‘iziston hukumatining ma'lum qilishicha, elektron viza oddiy viza arizasidan ko‘proq ma'lumot talab qilmaydi va Qirg‘izistonga kirishda pasportdagi oddiy viza kabi huquqlarni kafolatlaydi.
Mavzuga oid
17:30 / 14.11.2024
Qirg‘iziston Issiqko‘lni saqlab qolish uchun qo‘shnilarga kamroq suv berishi mumkin
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
17:21 / 06.11.2024