Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bank shoxobchalaridan pasportsiz qancha miqdorda dollar sotib olish mumkin?
KUN.UZ tahririyatiga kelib tushgan ishonchli ma'lumotga ko‘ra, bugun, 6 sentabrdan boshlab O‘zbekistondagi tijorat banklarining valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali eng kam 500 oylik ish haqi (9360 AQSh dollarigacha) qiymatdagi valyutasini xarid qilayotgan mijozlardan pasport talab qilinmaydi.
Bungacha bu raqam eng kam 100 oylik ish haqi (1875 AQSh dollari edi)ga teng edi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoniga ko‘ra 5 sentabrdan e'tiboran jismoniy shaxslar ham tijorat banklarining konversion bo‘limlarida xorijiy valyutani erkin sotish va xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Mavzuga oid
19:51 / 27.05.2026
1 dollar ≠ 1 so‘m ≠ 1 rubl. Valutalar qiymati nega har xil?
09:39 / 27.05.2026
Markaziy bank valuta operatsiyalari tartibiga o‘zgartish kiritmoqchi
20:41 / 08.05.2026
Bankdan 500 dollargacha naqd valutani pasporsiz olishga ruxsat beriladi
17:55 / 29.04.2026