Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya TIV rahbari: bizga ruslar kerak, biz ruslarga
Foto: AP
Germaniya tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabriel GFRning Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish uchun RF va Ukraina o‘rtasida tinchlikni o‘rnatishga yordam berish kerakligi haqida fikr bildirdi. Bu haqda RT telekanali xabar bermoqda.
«Biz tinch mamlakatmiz, biz dunyoning boshqa hududlarida ham tinchlik hukmronlik qilishi, bugun qanchalik murakkab bo‘lmasin, Rossiya va Ukraina munosabatlari yaxshilanishi uchun yordam berishni xohlaymiz. Biz Minsk jarayoni yordamida Rossiyadan sanksiyalarni bekor qilish uchun tinchlik o‘rnatilishini xohlaymiz», — degan Gabriel.
Germaniya TIV rahbarining qayd etishicha, Rossiya va Germaniya kabi mamlakatlar boshqa davlatlar ham iqtisodiy jihatdan yaxshiroq bo‘lishi uchun qayg‘urishi kerak.
«Iqtisodiy jihatdan yanada yaxshiroq bo‘lishi, tinchlik hukm surishi, mojarolarning oldini olishimiz uchun nemislar sifatida, biz bilamizki, bizga ruslar kerak, ruslarga biz kerakmiz. Biz qo‘shnilarmiz — Yevropa va Rossiya. Qo‘shnilar do‘st bo‘lib qoladi», — deb qo‘shimcha qilgan Gabriel.
Mavzuga oid
20:50 / 17.04.2026
Rossiya chegarachilari telefon, noutbuk va boshqa gadjetlarni tekshirish huquqiga ega bo‘ldi
16:37 / 17.04.2026
«Agressiv ohang yuqorilamoqda» - siyosatshunos Putinning yangi qonuni haqida
20:23 / 15.04.2026
Shavkat Mirziyoyev Sergey Kiriyenko boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qildi
19:20 / 15.04.2026