Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada jazirama harorat bo‘yicha yangi rekord
27 iyun kuni Drevits qishlog‘idagi harorat o‘lchash stansiyasida 41,5 daraja issiq qayd etildi. Bir kun oldin Germaniya janubi-g‘arbida havo harorati 41,3 darajaga yetgandi.
Germaniyada yangi tarixiy harorat rekordi qayd etildi. Saksoniya-Anxalt yerida joylashgan Drevits qishlog‘idagi harorat o‘lchash stansiyasida harorat 41,5 darajaga yetdi, deb xabar berdi Germaniya meteorologiya xizmati.
Ta’kidlanishicha, bu dastlabki ma’lumot bo‘lib, u rasman 29 iyundan keyin tasdiqlanadi. Meteorologlar o‘lchov stansiyalaridagi ko‘rsatkichlarni muntazam kuzatib borishmoqda va termometr ustuni 42 darajadan oshishini istisno qilishmayapti.
Avvalgi rekord – 41,3 daraja harorat 26 iyun kuni Burbax tumanida qayd etilgandi. Ma’lumot berilishicha, 27 iyun kuni bu yerda havo harorati 41,4 darajaga yetgan.
Mavzuga oid
10:35 / 22.06.2026
Ukraina Germaniya ishlab chiqarayotgan 600 ta raketaga buyurtma berdi
10:15 / 22.06.2026
Germaniyada ishlashni istovchilar uchun yangi dasturlar ishga tushirildi
22:51 / 21.06.2026
Fransiyada jazirama issiq tufayli qizil darajadagi xavf e’lon qilindi
12:04 / 18.06.2026