Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: iPhone 8 Apple smartfonlari orasida eng qimmati bo‘ladi
Apple kompaniyasining yangi iPhone telefoni firma smartfonlari orasida eng qimmati bo‘ladi, deb yozmoqda Buyuk Britaniyaning The Telegraph nashri. U 12 sentabr kuni taqdim etiladi.
Apple korporatsiyasining bosh pudratchisi Foxconn kompaniyasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, iPhone 8 "arzon bo‘lmaydi". Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yangi iPhone ming dollar atrofida turishi mumkin. 7s va 7s Plus modellari arzonroq narxda sotiladi. Ular iPhone 7 va 7 Plus qiymati — 782 va 938 dollar atrofida bo‘ladi, deb yozadi RIA Novosti.
Nashrningyozishicha, Apple gadjyetning 10 yilligi munosabati bilan mijozlarini lol qoldirishni maqsad qilgan. Uning tashqi o‘ziga xosligi, old panelda to‘liq egallaydigan yirik ekrani bo‘ladi. Bu esa, Apple korporatsiyasiga telefon o‘lchamini o‘zgartirmasdan ekran hajmini yiriklashtirishga imkon beradi. Bundan tashqari, "uyga" tugmachasi ham bo‘lmaydi.
Telefon yuzni infraqizil skaner bilan tanish funksiyasiga ham ega. Shunday ekan, uni foydalanuvchi yuzini skanlash orqali smartfonni ishga tushirish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, smartfonda 3D kamera ham bo‘lishi kutilayapti. Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, iPhone 8 3 ta: oq, qora va misrangda havola etiladi. Shu bilan birga, "pushti tillarang" qo‘shilishi mumkin.
An'anaga ko‘ra, iPhone dizayni har ikki yilda o‘zgaradi. Dastlab Apple yangi ko‘rinishdagi telefon ishlab chiqaradi, keyingi yili uni biroz modernizatsiya qiladi. Biroq, bu yil kompaniya birdaniga 3 ta telefonni namoyish etadi. Bular: iPhone 7s, iPhone 7s Plus va iPhone 8. Korporatsiya iPhone telefonlaridan tashqari yangilangan Apple TV va smartfonsiz ham ishlaydigan Apple Watch smartsoatlarini ham namoyish etishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
20:00 / 03.07.2026
Gadjetlar qimmatlamoqda: chiplarning global taqchilligi smartfon va noutbuklar narxini oshiryapti
20:25 / 29.06.2026
Apple MacBook va iPad’dan keyin iPhone narxlarini ham oshirishi mumkin
18:16 / 29.06.2026
Kuzda Apple 15 dan ortiq yangi gadjetni taqdim etadi
18:16 / 19.06.2026