Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bavariya»ning sobiq futbolchisi Levandovskini sotib yuborishni taklif qildi
Foto: Bild
«Bavariya» sobiq yarimhimoyachisi Shtefan Effenberg myunxenliklar klubiga polshalik hujumchi Robert Levandovskini sotib yuborib, iqtidorli nemis futbolchilariga imkon berishni tavsiya qildi.
Levandovski o‘tgan haftada klub «PSJ» va «Barselona» kabi futbolchilar uchun katta miqdorda mablag‘ to‘lay olmasligidan noligandi.
«Levandovski klub falsafasiga hujum qildi. Uli Hyoness bir necha bor gapirib o‘tgani kabi jamoa yangi futbolchilar uchun 100-150 million yevro atrofida sarflamasligini aytib bo‘lgandi. Shaxsan men ham o‘tgan haftada «Bavariya» katta pul sarflamasa «PSJ» va «Barselona»dan qolib ketishini gapirgandim. Ammo, Levandovski — klub futbolchisi. U bu gaplarni gapirishdan oldin o‘ylab olishi va jamoada muhit buzilishiga sababchi bo‘lmasligi kerak edi.
Jamoada superyulduzlar yetarlicha topiladi. Yangisi uchun 100-200 mln taklif qilish? Bu pulga o‘z jamoasida qanday o‘ynashni biladigan, xalqaro maydonda muvaffaqiyat qozonish mumkin bo‘lgan 5-6 nafar yosh iqtidorli nemislarni taklif etish kerak.
«Bavariya»ga tez orada xorijlik top-legionerlarning, jumladan Levandovskining xizmatidan voz kechishni taklif qilgan bo‘lardim. Xohlasa «PSJ» yoki «Barselona»ga o‘tsin. O‘shanda u o‘ziga yoqqan ishni qiladigan jamoada o‘ynaydigan bo‘lardi», — deb yozgan Effenberg T-Online nashridagi kolonkasida.
Mavzuga oid
12:32 / 22.01.2026
«Barsa»da kambek, «Qorabog‘»da yana g‘alaba. Kun o‘yinlari
05:33 / 27.11.2025
YeChL. Gigantlar jangida «Arsenal» «Bavariya»ni yakson etdi
13:21 / 05.11.2025
«Liverpul» «Real»ga imkon qoldirmadi, «Arsenal» va «Bavariya»ni to‘xtatib bo‘lmayapti
23:41 / 18.10.2025