Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston prezidenti Sochida Vladimir Putin bilan uchrashadi
14 sentabr kuni Qirg‘iz respublikasi prezidenti Almazbek Atamboyev Rossiyaning Sochi shahriga tashrif buyuradi. U bu yerda Rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan rejalashtirilmagan uchrashuv o‘tkazadi.
«24.kg» axborot agentligining yozishicha, uchrashuv Qirg‘iziston tomoni iltimosiga binoan o‘tkaziladi. Shu bilan birga, bo‘lajak muzokaralarning rasmiy kun tartibi ham belgilanmagan. Ta'kidlanishicha, Atamboyevning Putin bilan uchrashuvini tashkil etish uchun rasmiy Bishkek ancha jiddiy kuch sarflashga majbur bo‘lgan.
Rossiya tomoni, dastlab Rossiya prezidenti Qirg‘iz davlati rahbari iyun oyida Moskvaga davlat tashrifini amalga oshirganida xayrlashganini yodga olgan, ammo Putin Atamboyev bilan yana bir marta xayrlashadigan ko‘rinadi.
Hozircha, Bishkek ma'muriyati Almazbek Atamboyevning Rossiyaga tashrifining asl sababini oshkor qilgani yo‘q. Har holda, aytish mumkinki, uchrashuv yakunidagi matbuot bayonnomasida «prezidentlar ikki tomonlama hamkorlikning joriy muammolari yuzasidan fikr almashgani» ta'kidlansa, ajab emas.
«24.kg» agentligining ma'lum qilishicha, Almazbek Atamboyev Rossiya prezidentiga o‘z vorisi Sooronboy Jeenbekov nomzodi istiqbollarini muhokama qilishni davom ettirishni taklif qiladi.
Qirg‘iziston prezidenti yopiq eshiklar ortida o‘tgan uchrashuvida bu masalani ko‘tarishga ulgurgan. Ammo Kreml ma'muriyati Jeenbekov nomzodini qo‘llab-quvvatlashi haqida gap ham bo‘lgani yo‘q.
Albatta, o‘shanda, Moskva prezident saylovi Qirg‘izistonning ichki ishi ekanini yodga solgan edi.
Mavzuga oid
10:40
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
09:15 / 26.06.2026