Jahon | 10:25 / 11.09.2017
3755
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikada qurbonlar soni 90 kishiga yetdi

Foto: Reuters

Meksikada yuz bergan juda kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 90 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda mamlakat ichki ishlar vazirligi.

"Xabar qilinishicha, halok bo‘lganlar soni 90 kishiga yetdi, ulardan 71 nafari Oaxaka, 15 – Chyapas va to‘rt nafari Tabasko shtatidan", - deyiladi mahkama bayonotida. Hujjatda ta'kidlanishicha, elektroenergetika bo‘yicha Federal komissiya mamlakat hududida elektr quvvati yetkazib berishni 99 foizga va Oaxaka shtatida 90 foizga tikladi.

Avvalroq so‘nggi 100 yildagi eng kuchli zilzila asoratlari haqida fotojamlanma taqdim etilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid